IT Park tomonidan The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) va O‘zbekiston innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Entrepreneurship World Cup 2021 (EWC) tanlovining mintaqaviy bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda IT Park o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qoldirgan.

Xabarda aytilishicha, mintaqaviy bosqich g‘oliblari o‘z startap loyihalarini xalqaro bosqichda namoyish qilish va $1 million miqdoridagi sovrin jamgʻarmasi uchun kurashish, shuningdek hamkorlardan $750 ming miqdoridagi bonus va maxsus takliflar qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, har bir ro‘yxatdan o‘tgan startap hamkorlardan $1000 miqdorida, oxirigacha to‘ldirilgan profildan esa $25 ming olishi mumkin bo‘ladi.

Mintaqaviy bosqich uchun ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 6-iyuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumotni ushbu havoladan olishingiz mumkin.