19-maydan boshlab ishtirokchilar takliflar miqdorini koʻrishlari va kim oshdi savdosida ishtirok etishni davom ettirishlari mumkin boʻladi. 12-iyun kuni esa onlayn auksion oʻz ishini yakunlaydi va chipta sohibini aniqlab beradi.

Auksion gʻolibi New Shepard kosmik kemasida bitta oʻringa ega boʻlishi mumkin. Kema oltita yoʻlovchini Yerdan 100 km balandlikdagi suborbital kosmosga olib chiqadi. Sayyohlar parashyut bilan Yerga kapsulada qaytariladi.

Auksiondan qoʻlga kiritilgan mablagʻlar kelajak avlodlarni ilm-fan, texnika, muhandislik va matematika yoʻnalishlari, shuningdek, kosmosda hayot gʻoyasini rivojlantirishga ilhomlantirish uchun tashkil etilgan “Club for the Future” jamgʻarmasiga sarflanadi.

Avvalroq Spot, NASA kosmonavtlarni Oyga uchirish uchun SpaceX bilan shartnoma imzolaganligi haqida xabar bergan edi.