Google SpaceX bilan shartnoma imzoladi, kompaniya Starlink sun’iy yo‘ldoshi uchun bulutli xizmatlar bo‘linmasi taqdim etadi, deya yozmoqda The Verge.

SpaceX esa dunyo bo‘ylab Google ma’lumotlar markazlarida Starlink terminallarini o‘rnatadi. Birinchi terminalni Ogayo shtatida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Qo‘shma loyiha ma’lumotlarni dunyoning barcha burchaklariga xavfsiz uzatilishini ta’minlaydi, shuningdek Google korporativ mijozlari uchun sun’iy yo‘ldosh Internetidan foydalanishga imkon beradi.

Ma’lumot uchun, bu loyiha kompaniyalar uchun birinchisi emas. 2015-yilda Google SpaceX’ga kosmik texnologiyalarni, shu jumladan, Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun $900 million sarmoya kiritgandi.

Starlink’ning dastlabki sinovlari 2020-yil oktyabr oyida boshlangan, o‘shanda foydalanuvchilar soni 10 mingtani tashkil etgandi. Potensial mijozlar esa sun’iy yo‘ldosh Internetidan foydalanish uchun 500 mingga yaqin ariza topshirgan.