2021-yilning 26-iyun sanasida Toshkent shahridagi Inha universitetida Tumaris Tech loyihasi doirasida ayollarni rivojlantirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtadi. Bu haqda IT-Park xabar bermoqda.

Tadbir mavzusi: “Oʻzbekistonda ayollar qanday qilib rivojlanishi va harakat qilishdan qoʻrqmasliklari lozim?”.

“Aksariyat qizlar rivojlanishdan, oʻz potensiallarini namoyish qilishdan, harakat qilishdan qoʻrqishadi va qanday manbalardan foydalanish kerakligini, ilk qadamlarni qanday tashlashni, qiyinchiliklarni qanday yengishni, oldinga harakat qilish uchun kuchni qanday qilib topishni bilishmaydi. Bularning barchasini spikerlarimizdan bilib olishingiz mumkin”, — deydi tadbir tashkilotchilari.

Spikerlar:

  1. “Wonder Women” jamiyati asoschisi Rada Islomova;
  2. tantanali tadbirlar prodyuseri Madina Umurzoqova;
  3. tadbirkor, brend-kommunikatsiya va uni ilgari surish sohasi mutaxassisi Nigora Oqilova;
  4. Artel kompaniyasi matbuot xizmati rahbari Kamola Sobirova.

Tadbir soat 11:00 da boshlanadi. Unda ishtirok etish bepul boʻlib, faqatgina roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

Maʼlumot uchun, Tumaris Tech — bu Oʻzbekistonda IT sohasida ayollar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash loyihasi boʻlib, uning doirasida ayollarning oʻz startap loyihalarini ishlab chiqishda ragʻbatlantiriladi.