Ayrim tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi

Loyihada uch yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida toʻlab kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilyapti.


Bank sohasidagi vakant lavozimlar: O’zmilliybank, Davr BANK va Respublika Markaziy banki munosib nomzodlarni qidirmoqda

Hozirda 1−3 yilgacha, 3−6 yilgacha va 6 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassislarga ehtiyoj bor.


Xatolar va saboqlar: Zafar Hoshimovning omadsiz loyihalari, “Five"ning yurib ketmagani va hayot qoʻrquvlari haqidagi fikrlar

Bu galgi sonimizda korzinka.uz supermarketlar tarmogʻi rahbari Zafar Hoshimov oʻzining muvaffaqiyatsizligi va umidsizligi haqida ochiqchasiga gapiradi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Yoʻl qurilishiga sarflangan pulni nazorat qiladigan onlayn platforma ishga tushiriladi. Aholida yoʻllar nosozligi, harakatlanish uchun paydo boʻlgan muammolar haqida foto va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati paydo boʻladi.
  2. Messi maoshining bir qismini kriptovalyutada oladi. Futbolchining Parij klubiga oʻtishi fonida muxlislar tokenining qiymati 137% ga oshib ketgan.
  3. Xitoy hukumati xususiy sektorni yanada qattiq nazorat ostiga oladi. Bu masalaga doir besh yillik reja ishlab chiqildi.
  4. Oʻzbekistonda elektromobillar maxsus raqamlarga ega boʻladi. 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami beriladi.
  5. Yolgʻiz va oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalarning sogʻligʻi “aqlli soat"lar orqali nazorat qilinadi. Favqulodda vaziyatlarga tushgan keksalarga tezkor yordam koʻrsatishning innovatsion loyihasi joriy etiladi.
  6. O’zbekiston bozoridagi ustun mavqeni egallab turgan kompaniyalar ro’yxati yangilandi. 1-iyul holatiga ko’ra ularning soni 1 taga kamayib 93 tani tashkil etmoqda.
  7. AQShda ishchi kuchi tanqisligi muammosi rekord darajaga yetdi. Iyun oyi so’nggiga qadar bo’sh ish o’rinlari soni 10,1 mlnga yetganligi qayd etilgan.
  8. NASA kosmik kostyumlar muammosiga uchradi. Ilon Mask yechim taklif qildi. Kosmik agentlik skofandralar masalasida jiddiy muaommolarga duch kelgan.
  9. Prezident transportga oid qonunni imzoladi. Unda nimalar aks etgan. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan transportlarni Oʻzbekistonga olib kirish, ishlab chiqarish, sotish yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.
  10. Apple-ning sentyabrda chiqadigan yangi qurilmalariga qanday funksiyalar qoʻshiladi. Qurilmada yangi A15 chip, kameraning kichikroq ekrani va uni silliq siljitish uchun yangilangan texnologiya mavjud boʻladi.