Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga doir qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasida uch yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida toʻlab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra soliq qarzini toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmayotgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilyapti.

Bildirilishicha, bu imkoniyatlar tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq shugʻullanayotgan, bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlashga ega boʻlmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ham tatbiq etilishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.