BBC nashrining xabar berishicha, Amerikada mamkalat tarixidagi eng yirik ishchi kuchi tanqisligi muammosi kuzatilmoqda.

Mehnat vazirligi nashr etgan ma’lumotlarga binoan, iyun oyiga kelib bo’sh ish o’rinlari soni 590 mingga ko’payib, umumiy 10,1 mlnni tashkil etmoqda.

May oyida bu ko’rsatgich 9,5 mlnni qayd etgan. Iqtisodiyot sohasi tiklanib borayotganligi sabab ishchi kuchiga bo’lgan talab oshib bormoqda. Asosan bu dam olish va mehmonxona biznesi sohalarida bo’lmoqda.

Karantin cheklovlari yumshatilishiga qaramasdan ishchi o’rni sekinlik bilan to’lishini ekspertlar quyidagicha baholashmoqda:

  1. Fuqarolar bolalar uchun pullik parvarish (bog'cha, enaga) xizmatlaridan foydalanishni afzal topmagayapti;
  2. ishsizlik nafaqasi bo’yicha to’lovlar shunchalik yuqoriki, ba’zilar ish izlashga uchun sabab ko’rmayaptilar.

Shuningdek, pandemiya aholini erta yoshdan nafaqaga chiqish yoki kasbini o’zgartirishga majbur qildi. Yuzaga kelgan holat, ijtimoiy to’lovlarni qayta ko’rib chiqishni talab etmoqda.