Spot hh.uz sayti orqali O’zbekistondagi banklardagi bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot to’pladi. Unga ko’ra, hozirgi vaqtda “O'zmilliybank”, “Davr BANK” va Respublika Markaziy bankida bo’sh ish o’rinlari mavjud. Ish tajribasi lavozim turiga qarab turlicha talab qilinadi.

O’zmilliybank

  1. Soliqlar va soliqqa tortishni tashkil etish bo’lim bosh mutaxassisi lavozimi. Ish tajribasi 3−6 yilgacha. Nomzoddan soliq kodeksi va boshqa tegishli hujjatlarni bilish, bank sohasida kamida 5 yil , soliq sohasida esa kamida 3 yillik ish tajribasi ega bo’lish talab etiladi. Ish haqi ko’rsatilmagan. Batafsil bu yerda.
  2. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish sektori mudiri lazomida vakant. Ish tajribasi 1−3 yilgacha. Nomzod oliy ma’lumotga ega bo’lishi, buxgalteriya hisob-kitoblarini yaxshi tushinishi, kompyuter savodxonligi va o’zbek va rus tillarini yaxshi biloshi talab etiladi. Ish haqi ko’rsatilmagan. Batafsil.
  3. Muammoli kreditlar bilan ishlash bo’limi bosh mutaxassisi. Ish tajribasi 3−6 yilgacha. Nomzod ish tajribasining 3 yilida mos ravishda bank yoki huquqni muhofaza qilish organlari tizimida faoliyat yuritgan bo’lishi kerak. O’zbek va rus tillarida ravo so’zlasha olish. Shuningdek, xorijiy tillarni bilish ham ustuvorlik beradi. Batafsil.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki

  1. Moliyaviy ta’lim strategiyasini ishlab chiqish bo’limi yetakchi iqtisodchisi lavozimiga. Ish tajribasi 1−3 yilgacha. Nomzod bank ishi, moliya, marketing, pedagogika kabi sohalarning biri bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lishi, rus tili, ingliz tillarida bemalol muloqot qila olishi, taдab etiladigan qonun hujjatlari bilan yaxshi tanish bo’lishi va moliyaviy savodxonlik bo’yicha tadbirlar, ko’rgazmalar tashkil etishi ta’lab etiladi. Batafsil.

Davr BANK

  1. Chakana bo’lim departamenti boshlig’i/ direktor lavozimiga vakansiya mavjud. Ish tajribasi 6 va undan ziyod bo’lishi kerak. Nomzoddan boshlang’ich darajada rus tilini bilish talab etiladi. Xalqaro pul o’tkazmalari tizimi bilan ishlash va plastik kartalar bilan ish yuritish vazifasi yuklatiladi. Batafsil ushbu havola orqali.
  2. Omonat operatsiyalari va to’lovlarni qabul qilish boshqarma boshlig’i. Ish tajribasi 6 va undan ziyod bo’lishi kerak. Batafsil.

**Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.