SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask NASA uchun kosmik kostyumlar ishlab chiqarishga yordam bermoqchi. Bu haqda milliarder oʻzining Twitter-dagi sahifasida maʼlum qildi. Bunga sabab esa 2024-yilda kosmonavtlarning Oyga qoʻnishi uskunalar yoʻqligi sababli xavf ostida ekani haqida hujjat eʼlon qilingan edi.

NASA bosh inspektori Pol Martin hisobotida, kosmik agentlik “jiddiy muammolarga duch kelmoqda” deya yozilgan. Dastlabki ikkita xEMU kosmik kostyumini tayyorlash $209 mln dan — $150 mln gacha qisqartiriladigan boʻldi, bundan tashqari, pandemiya va texnik muammolar tufayli yetkazib berish kechiktirilmoqda. Muddat esa allaqachon 20 oyga yetdi.

Hisobotdan parchalarni CNBC telekanali jurnalisti Maykl Shits Twitter-da chop etilgan. Nashrga javoban Mask “SpaceX kerak boʻlganda skafandrlar tayyorlab berishi mumkin” deb yozgan.

Tadbirkor hujjatning yana bir iqtibosiga izoh berdi, unda aytilishicha, endi NASA kosmik kostyumlarining keyingi avlodi uchun texnologiya birdaniga 27 xususiy kompaniya tomonidan taʼminlanadi. Mask bunga javoban “Oshxonada oshpazlar juda koʻpayib ketibdi, shekilli”, deb hazil qildi.

Avvalroq Spot SpaceX va GEC 2022-yilda kosmosda reklama translyatsiya qilishni boshlashi haqida yozgan edi.