Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, elektromobillar maxsus raqamlarga ega boʻladi.

Qarorda aytilishicha, elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektr dvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega boʻlgan avtomototransport vositalari (elektromobil) uchun alohida farqlovchi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari bilan taʼminlash choralarini koʻradi.

Shuningdek, 2021-yil 1-noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan toʻlov va yigʻimlar undirilmasdan almashtirib beriladi.

Bunda elektromobil egasiga auksion savdolari orqali yutib olingan va oshirilgan toʻlov stavkasidagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari mos ravishda elektromobillar uchun alohida farqlovchi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilariga almashtirib berilishini taʼminlaydi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston iyun oyida qancha elektromobil import qilgani haqida ma’lumot bergan edi.