Argentinalik hujumchi Lionel Messining “PSJ” dagi maoshiga kriptovalyutadagi toʻlovlar (tokenlar) ham kiradi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Futbolchi Parij klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Kriptovalyutadagi toʻlovlar tranzaksiyaning necha foizini tashkil etishi haqida xabar berilmagan.

Muxlislar tokenlari — muxlislar klub tomonidan oʻtkaziladigan soʻrovlarda qatnashish orqali qabul qilishlari mumkin boʻlgan kriptovalyuta turi. Tokenlar birjalarda sotilishi yoki eksklyuziv mukofotlarga almashtirilishi mumkin.

Messi transferidan keyin “PSJ” tokenining narxi 137% ga oshdi. 5-avgustda u $22 dollarga sotilgandi, biroq 9-avgustga kelib uning qiymati $52 dan oshdi.

Avvalroq Spot “Coinbase” kripto kompaniyasining daromadi yarim yilda $2,2 mlrd dan oshganligi haqida yozgan edi.