Pavel Durov oʻzining kanalida katta post qoldirdi. U yana nimadan havotirda

Spot oʻsha postni oʻzbek tilida havola etadi.


“Oʻqituvchi matbaa uyi” 22,3 mlrd so’mga xususiylashtirildi

Bu “Kolorpak” MCHJ bo’lib, u 15 oy davomida kamida $2,5 mlnlik yangi zamonaviy matbaa asbob uskunalari bilan jihozlash, nashriyot binosida 20 mlrd. soʻmdan kam boʻlmagan ta’mirlash ishlarini bajarish hamda mavjud ish oʻrinlarini saqlab qolgan holda 50 ta yangi ish oʻrinlarini yaratishi kerak.



Ta’lim kreditlari: yangiliklar va o’zgarishlar — imtiyozli foiz stavkalari, kredit muddati va qo‘yilgan talablar haqida qisqacha

Spot banklardagi ta’lim kreditlari bo’yicha shartlarni o’rganib chiqdi. Imyiyozli kreditlar yillik 14%da taqdim etilmoqda. Oddiy shartlar bo’yicha yillik stavka 22−26% ni tashkil etadi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Sirdaryoda noqonuniy mayning bilan shug’ullanuvchi shaxslar aniqlandi. Taxminiy qiymati 9,2 mlrd. soʻmlik kompyuter qurilmalari va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan.
  2. IPhone 13 sun’iy yo’ldosh havolasiga ega bo’lishi mumkin. Bu mobil operator mavjud bo’lmagan taqdirda ham qo’ng’iroq qilish va xabar yuborish imkonini beradigan modem bo’ladi.
  3. Instagram xavfsizlik qoidalarini oshiradi. Endilikda ilovadan foydalanishda akkaunt egasi tug’ilgan yilini ko’rsatib o’tishi majburiydir.
  4. Telegram messenjerini yuklab olishlar soni 1 milliarddan oshdi. Avvalroq bunday koʻrsatkichga Facebook, Netflix va Spotify erishgan edi.
  5. Sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻi stavkasi pasaytirilyapti. Ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻining stavkasi 20% dan 15% gacha pasaytiriladi.
  6. “Renessans TV” nodavlat telekanali ishga tushiriladi. Kanal 1-sentyabrdan test rejimida o’z faoliyatini boshlaydi.
  7. Telegramda yangi funksiyalar paydo bo’ldi. Cheksiz videotranslyatsiya, ommalashgan stikerlar, o’qilmagan sharhlar hisoblagichi va boshqalar haqida.
  8. Avgust oyida tovar va xizmatlar 0,5 foizga qimmatladi. Iyun-iyulda esa deflyatsiya kuzatilgandi.
  9. Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirishga moliyaviy koʻmak beradi. Jamgʻarma kapitali $500 mln ga yetkazilishi koʻzda tutilmoqda.