Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan, Toshkent shahrida joylashgan “Oʻqituvchi matbaa uyi” MCHJ xususiylashtirildi. Bu haqda Davaktiv xabar berdi.

Bu Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino inshootidir.

Savdo natijalariga ko’ra, 100 foiz davlat ulushini 22,3 mlrd. soʻmga sotilgan.

G’olib 15 oy davomida kamida $2,5 mlnlik yangi zamonaviy matbaa asbob uskunalari bilan jihozlash, nashriyot binosida 20 mlrd. soʻmdan kam boʻlmagan ta’mirlash ishlarini bajarish hamda mavjud ish oʻrinlarini saqlab qolgan holda 50 ta yangi ish oʻrinlarini yaratishi kerak.

Bunda “Kolorpak” MCHJ savdo gʻolibi deb topildi.

Oʻz navbatida, savdo gʻolibiga xususiylashtirilayotgan davlat aktivining amaldagi noshirlik va matbaa faoliyatini saqlab qolish va davom ettirish talabi yuklatiladi.

Ma’lumot uchun: O’zbekistondagi yirik nashriyot tashkiloti iyun oyida sotuvga qo’yilgan edi.