Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘qituvchi matbaa uyi” MCHJdagi 100 foiz davlat ulushi bo‘yicha ommaviy savdolar jarayonlari boshlanganinie’lon qildi.

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino inshootidir.

Davlat aktivini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • saralash- davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;
  • talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 2021-yil 30 iyun soat 18:00 ga qadar o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tillarida 1-ilovasi (jismoniy shaxslar 1a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (imzolangan holda), belgilangan hujjatlar bilan yopiq konvertda Davaktiv agentligiga yoki skaner qilingan shakli (kodlangan holda) agentlik quyida ko‘rsatilgan elektron manziliga taqdim etiladi:

Ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb saytida e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur e’lonning 2-ilovasi (jismoniy shaxslar 2 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (tasdiqlangan holda) takliflar taqdim etiladi.

Savdoda ishtirok etish uchun batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.