Prezident qaroriga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻining stavkasi 20% dan 15% gacha pasaytiriladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan sement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan holda 22 500 soʻm miqdorda belgilanadi.

Avvalroq, baʼzi turdagi monopol tovarlarning xaridi faqat birja orqali amalga oshirilishi xabar berilgandi. Xususan, 2022-yil 1-yanvarga qadar monopolist boʻlmagan va (yoki) ustav fondida davlat ulushi 50% dan kam boʻlgan yoki davlat ulushi mavjud boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan.