Joriy yil 18-avgustdagi 527-sonli Hukumat qarori bilan “Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizomga koʻra ta’lim kreditini ajratish boʻyicha quyidagi shartlar belgilandi:

01

Kimlarga beriladi

Ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

02

Qancha miqdorda va necha foiz asosida beriladi

Ta’lim krediti toʻlov-kontrakt shartnomasida koʻrsatilgan bir yillik toʻlov summasiga teng miqdordagi Markaziy bank asosiy stavkasida (14%) ajratiladi.

03

Rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi

  • ta’lim kreditini olish toʻgʻrisidagi ariza;
  • talaba va oliy oʻquv yurti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud boʻlganda). Shartnomada oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
  • ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti boʻyicha hujjat;
  • birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumotlar va hujjatlar.

04

Kreditini qaytarish tartibi qanday

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Ushbu vaqtga qadar ta’lim krediti boʻyicha faqat foiz toʻlovlari toʻlab boriladi.

Yangi tartib bo’yicha ta’lim kreditlarini quyidagi banklar orqali olish mumkin: NBU, “SQB”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Qishloq qurilish bank”, “Turonbank”, Hamkorbank, “Asakabank”, “Xalq banki”, “Ipoteka-bank”, “Orient -finans” bank.

Quyida ta’lim kreditlarini ajratuvchi banklar ma’lumoti keltirilgan. Mazkur material axborot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, to‘liq ma’lumotni olish uchun bankning axborot xizmatiga murojaat qilinishingiz mumkin.

“Agrobank”

Talabalar uchun o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun bir yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

  • 25 foizi — har yili 15-sentabrgacha;
  • 50 foizi — har yili 1-yanvarigacha;
  • 75 foizi — har yili 1-aprelgacha;
  • 100 foizi — har yili 1-iyulgacha ajratiladi.

“Asakabank”

Kredit miqdori — o’qish qiymatining 100% oshmasligi zarur, kredit har 6 oyda teng qismlar bilan so’ndiriladi. Kredit foiz stavkasi — yillik 20%.

Kreditni olish uchun 3 shaxs kafilligi va kreditning qamaslik xatarini sugurta qilinganligi bo’yicha sug’urta polisi talab etiladi.

“Orient Finans Bank”

O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlari kontrakt to’lovi uchun ajratiladi. Yillik foiz 26%ni tashkil etadi. Umumiy kredit 250 mlngacha ajratiladi. Kredit muddati 48 oygacha.

NBU

O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun beriladi. Muddati 60 oygacha.

Bakalavriatga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim krеditlari:

  • 3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20%
  • 5 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 22%

Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga

  • 3 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 20% bеriladi

Кredit мiqdori — to’lov shartnomasi summasi miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha bo‘lgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan ajratiladi).

“Turonbank”

Ta’lim kreditlari, Oliy ta’lim muassasalarida oʻqish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga oʻqishga qabul qilingan talabalarga 10-yilgacha, magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga 5-yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.

Yillik foiz 26%ni tashkil etadi. Maksimal kredit 100 mln so’mgacha. To’lash muddati 10 yilgacha.