Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, avgust oyida isteʼmol sektoridagi inflyatsiya 0,5% ni tashkil qildi. Joriy yil boshidan isteʼmol sektorida narxlarning oʻsish darajasi 4,8% ga qilgan boʻlsa, yillik nisbatda INI oʻsish darajasi esa 11,1% ga yetdi.

Taqqoslash uchun 2020 yilning yanvar-avgustida umumiy INI oʻsish darajasi 4,8% ni tashkil etgan.

Maʼlumotlarga koʻra avgustda:

  • Oziq-ovqat mahsulotlari 0.7% ga (oʻtgan yilning mos davrida esa 0,3% ga qimmatlagan);
  • nooziq-ovqat mahsulotlar 0,5% ga (oʻtgan yil 0,8%);
  • xizmatlar 0,2% ga qimmatlagan (oʻtgan yil 0,4%).

Oziq-ovqat mahsulotlari oʻtgan yilning avgustiga nisbatan 15,5% ga, nooziq-ovqat mahsulotlar 8% ga, xizmatlar 7,6% ga qimmatlagan.

Qoʻmita 2021-yilning iyul oyida deflyatsiya kuzatilganini eʼlon qildi. Oʻtgan oyda tovarlar va xizmatlar 0,2% ga arzonlagan. Narxlar pasayishi mavsumiy xarakterga egaligi maʼlum qilingandi.