Prezidentning 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
- kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;
- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.
Eksperiment doirasida:
a) soliq organlari:
- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini — Kadastr agentligi organlari ma’lumotlari asosida;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni — elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa ma’lumotlar asosida hisoblab chiqaradi va soliq hisobotini shakllantiradi;
b) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti soliq to‘lovchilar uchun belgilangan tegishli soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kamida 10 kun oldin soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi;
v) soliq to‘lovchi soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni tasdiqlaydi yoki, agar e’tirozlari mavjud bo‘lsa, uni rad etgan holda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va o‘rnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.
4. Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) 2022 yil 1 yanvarga qadar soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish ob’ekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa ob’ektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlarini yaratadi.
Farmonning to’liq shakli bilan tanishish quyidagi havola orqali.