Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (World Economic Outlook) hisobotida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda ilgari bashorat qilingan 5% oʻrniga 6,1% ga oʻsishini prognoz qilmoqda.

Ekspertlar 2022-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,4% ga oʻsishini kutmoqda (avval — 5,3% edi).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jahon banki ham Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishi prognozini 4,8% dan 6,2% gacha yaxshilagan edi. Shuningdek, Osiyo Taraqqiyot Banki oʻz hisob-kitoblarini qayta koʻrib chiqib, 4% oʻrniga 5% belgilagan.