“Tashkent city” istirohat bogʻi sotuvga qoʻyiladi

Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan obyektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish boʻyicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilotni jalb etish belgilangan.



Renault Oʻzbekiston avtomobil bozoriga kirib kelmoqda

Kompaniya mamlakatda mashinalarni yigʻish va dilerlik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli loyihani amalga oshirmoqchi.



OLXʼda 2 ta vertolyot sotuvga qoʻyilganligi haqida eʼlon paydo boʻldi

Ularning narxi $14 mln ga baholangan.



Yolgʻizlik, uyqu va katta shaharlar: Pavel Durov 37 yoshga toʻlgan kuni nimalar dedi

Spot ushbu postni oʻzbek tilida havola etadi.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Isteʼmolchilar foydasiga 86,5 mlrd soʻm mablagʻ qayta hisob-kitob qilingan. Bu aniqlangan mablagʻning 63,1 foizini tashkil etadi.
  2. Uzbekistan Airways mahalliy aviaqatnovlar sonini oshiradi. 15-oktyabrdan boshlab Yoz-2022 yakuniga qadar Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus shaharlariga qo’shimcha reyslar tashkil etiladi.
  3. Roodell mashinalari narxi, elektromobillar va UzAuto monopoliyasi haqida — kompaniya bosh direktori Doniyor Davletiyarov fikrlari. Doniyor Davletiyarov Spotga ishlab chiqarish qanday yoʻlga qoʻyilayotgani, avtomobillarni import qilishda yirik oʻyinchilar qanday muammolarga duch kelishi, yangi modellarning chiqarilishi, narxlar va bozorni raqobatchilardan “tortib olish” uchun koʻrilgan choralar haqida aytib berdi.
  4. Elektrotexnika korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun har yili davlat byudjetidan $10 mln ajratiladi. Elektrotexnika sanoati tarmogʻi tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
  5. Bank sohasidagi vakansiyalar: “Anor Bank”, “Davr Bank” va “Oʻzmilliybank” mutaxassislarni qidirmoqda. Spot Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan banklardagi boʻsh ish oʻrinlarini oʻrganib chiqdi. Umumiy hisobda, lavozimlar boʻyicha nomzodlardan 3 yildan 6 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasi boʻlishi talab etilmoqda. Ayrim ish oʻrinlari uchun tajriba talab etilmaydi.
  6. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishi prognozini yaxshiladi. Ekspertlar 2022-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,4% ga oʻsishini kutmoqda.
  7. “A-pay” elektron pullar ishlab chiqarish tizimiga litsenziya berildi. Emitent sifatida “Kapitalbank” belgilandi.
  8. Toshkentga yana 20 ta metro vagonlari olib kelinadi. Yuborilgan vagonlardan Toshkentda toʻrtta vagonli 5 ta metro poyezdi shakllantiriladi.
  9. Chorvoq yaqinidagi “Chotqol” dam olish maskani sotuvga qoʻyildi. Xaridor 200 oʻrinli mehmonxona qurishi kerak. Boshlangʻich narx — 12,2 mlrd soʻm.
  10. Navoiyda besh yil ichida $9 mlrdlik loyihalar amalga oshiriladi. Investitsion loyihalar doirasida 75 mingta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.
  11. Rossiya aviakompaniyasi Rostovdan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi. 15-noyabrdan boshlab har dushanba kunlari Toshkentdan parvozlar yoʻlga qoʻyiladi.
  12. Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziya talab qilinmaydi. Qonunga muvofiq, tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun litsenziya talab etilmaydi.
  13. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish xizmati ishga tushdi. Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanilganda 10% chegirma tufayli 24300 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.
  14. Chevrolet Onix qachon sotuvga chiqishi aniq boʻldi. Xabarda ochiqlanishicha, avtomobili sotuvi 2022-yil oxiri, 2023-yil boshida yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.
  15. Oʻzbekistonliklar Rossiya patentini olish uchun Toshkentda tibbiy koʻrikdan oʻtadi. Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi tibbiy asbob-uskunalar bilan Oʻzbekistonga yetib keldi.
  16. Elektron xizmatlar soni yana bittaga koʻpaydi. Qurilishga oid xizmat ishga tushdi.