“UzAuto Motors” o’zining te;egramdagi kanalida Chevrolet Onix avtomobili qachon chiqishi haqidagi savollarga javob berdi.

Joriy yilning avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Traker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borildi.

Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so’ng, olti oylik sinov muddatidan o’tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo’llarda sinovdan o’tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat toʻliq testdan oʻtgandan keyingina boshlanadi.

Сhevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022-yil oxiri, 2023-yil boshida yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.