Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi noyabr oyida Rostov-Dondan Toshkentga yangi reyslarni ochadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar 180 yoʻlovchiga moʻljallangan Airbus 320 avialaynerlari tomonidan amalga oshiriladi.

15-noyabrdan boshlab har dushanba kunlari Toshkentdan parvozlar yoʻlga qoʻyiladi.

Xabar nashr qilingan vaqtda Toshkentdan Rostov-Donga aviachiptalar narxi $158 dan, Rostovdan Oʻzbekiston poytaxtiga $202 ni tashkil etmoqda.

Avvalroq Spot Red Wings Yekaterinburgdan Samarqand, Buxoro va Navoiyga parvozlarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.