Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorida 3-ilovaning nomiga oʻzgartirish kiritilmoqda — “Sanitariya-epidemiologik xulosa majburiy tartibda olinishi lozim boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati”.

Mazkur roʻyxat endi faqat 22 ta banddan iborat oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻz ichiga oladi.

4-ilova “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar” mahsulotlarning 82 ta turidan iborat roʻyxatni (ilgari mahsulotlarning 102 ta turi) oʻz ichiga oladi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiyligi quyidagi mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash uchun ariza olingan paytda Oʻzbekistonda ushbu mahsulotning muvofiqligini baholash uchun faoliyat yuritayotgan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organi boʻlmagan taqdirda;
  • nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda — xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar sifatida oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan Oʻzbekiston hududida sotish uchun moʻljallanmagan import qilinadigan mahsulotlar;
  • bojxona hududida qayta ishlash maqsadida olib kiriladigan mahsulotlar. Bunda, davlat bojxona organlariga (shu jumladan, uchinchi shaxslar tomonidan) tadbirkorlik subyekti tomonidan tovarlar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarurligi toʻgʻrisida kafolat xati taqdim etilishi sharti bilan muvofiqlikni tasdiqlash talab etilmaydi;
  • ilgari foydalanishda (isteʼmolda) boʻlgan mahsulotlar, ov va sport qurolidan tashqari;
  • koʻrgazmalar, yarmarkalar uchun namunalar, eksponatlar va reklama materiallari sifatida import qilingan mahsulotlar;
  • muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sinov va taqdimot uchun, shuningdek, laboratoriyalararo solishtiruv sinovlarini oʻtkazish uchun namuna sifatida olib kiriladigan mahsulotlar va boshqalar.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonga import qilinuvchi sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilinganligi haqida yozgan edi.