2026-yil 14-aprel kuni Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi 3-uyda joylashgan “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida davlat nazorati ishlari olib borildi.

Mazkur nazorat Madaniy meros agentligi va uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.

Vazirlar Mahkamasining 649-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, madaniy meros obyektlarida monitoring jarayonida aniqlangan o‘rganishlar natijasida mazkur madaniy meros obyektida reklama bannerlari hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida"gi Qonunning 26-moddasida tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) doir asosiy talablar belgilab berilgan.

Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi. Holat yuzasidan noqonuniy bannerlar zudlik bilan olib tashlandi hamda mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ogohlantirish berildi.

Agentlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 641-moddasida Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tdi.


Avvalroq Spot 2025-yil aprel oyidan boshlab Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarga qarshi reydlar o‘tkazilayotgani yozgandi.

hahar ma’muriyati bunday reklamalar qatoriga peshlavhalarni ham kiritib, reklama bozorida tartib o‘rnatish hamda poytaxtning tashqi qiyofasini yagona me’moriy ko‘rinishga keltirish maqsadida bannerlar va turli reklama konstruksiyalarini ham demontaj qilinmoqda.