Energetika vazirligining xabar berishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazmda elektr energiyasi taʼminoti toʻliq tiklangan.

Shuningdek, Toshkent shahar, Xorazm, Fargʻona, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasi taʼminoti qisman tiklandi.

Ayni paytda respublika hududlarida elektr energiyasi taʼminoti bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda.