Oʻzbekiston va Qozogʻiston 12-apreldan xalqaro avtobus qatnovini yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda Transport vazirligi eʼlon qildi.
Dastlab beshta yoʻnalishni ishga tushirish rejalashtirilgan:
- 12:00 — Toshkent — Chimkent chipta narxi 60 000 soʻm;
- 16:00 — Toshkent — Olmaota chipta narxi 200 000 soʻm;
- 17:00 — Toshkent — Olmaota chipta narxi 200 000 soʻm;
- 18:00 — Toshkent — Nur-Sulton chipta narxi 350 000 soʻm;
- 18:00 — Toshkent — Olmaota chipta narxi 200 000 soʻm;
- 19:00 — Toshkent — Turkiston chipta narxi 100 000 soʻm;
- 19:00 — Toshkent — Qiziloʻrda chipta narxi 200 000 soʻm;
- 19:30 — Toshkent — Olmaota chipta narxi 200 000 soʻm.
Tojikistonga ham avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi:
- 18:00 — Toshkent — Xoʻjand chipta narxi 100 000 soʻm.
Avvalroq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Toshkentdan Olmaota yoʻnalishi boʻyicha qatnovlarni tiklagan edi.