“Marvel” olamiga kiruvchu “Doctor Strange: Into the Multiverse of Madness” (Doktor Strenj: Telba multiolam) filmi butun dunyo boʻylab $800 mln.dan koʻproq daromad olib, mart oyida ekranlarga chiqqan “Betmen"ni ortda qoldirdi.

Bu holatda, “Marvel"ning navbatdagi kinosi 2022-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi.

Shu bilan birga, film Xitoyda namoyish etilmadi, bunga sabab kino muxolifatga tegishli gazetada reklama qilingan. Baʼzi fikrlarga koʻra, bu — filmning tez fursatda $1 mlrd toʻplay olmasligiga sabab boʻlishi ham mumkin.

Bu aksiya “Oʻrgimchak odam: Uyga yoʻl yoʻq” filmi finalidan keyin sodir boʻldi. Filmga koʻra, Doktor Strenj multiolamni oʻrganish uchun yoʻlga chiqadi, u yerda muxlislarga tanish boʻlgan koʻplab personajlar, jumladan Wanda Maximoff bilan uchrashadi.