“Toshshahartransxizmat” bayram kunlari munosabati bilan avtobuslarning harakat tartibi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
- 9-iyul shanba (bayram) va 10-iyul yakshanba kuni — yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 11-iyul dushanba va 12-iyul seshanba (qoʻshimcha dam olish kunlari) — shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Shuningdek, “Toshkent metropoliteni” DUK ham bayram kunlaridagi ish vaqtlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, 9-iyulda metro poyezdlari tonggi soat 04:00 dan kechki 00:00 ga qadar, 10, 11 va 12-iyul kunlari esa dam olish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.