Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlash markazi Rossiyaning iqtisodiy kelajagi bilan bog‘liq ssenariylarni ochiqladi.

Markaz qayd etishicha, kamida yaqin 10−15 yil davomida Rossiya sanksion bosimlar ostida qoladi.

Sanksiyalar uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lib, lekin sekinlik bilan bo‘lsada eroziyaga uchrab boradi.

Rossiya iqtisodiyoti rivojining uchta ssenariysi ko‘rsatib o‘tilmoqda:

  • avtarkiya rejimi;
  • institutsional inertsiya rejimi;
  • o‘sish uchun kurashish rejimi.

Avtarkiya — oʻzini-oʻzi taʼminlash degan ma’noni bildirib, u boshqa mamlakatlar bilan aloqalarsiz, o‘z-o‘ziga, rivojlanishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni anglatadi.


Avvalroq “Spot” OPEK Rossiya bilan raqobatdan bosh tortgani haqida yozgandi.

Tashkilot bosh kotibi neft narxining oshishi faqat Rossiya va Ukraina munosabatlaridagi vaziyat bilan bog‘liq emasligini bildirdi.