Musobaqada 8 ta jamoaga bo‘lingan 40 nafar xodim ishtirok etdi. Ularning tarkibidan dasturlashdan tortib marketinggacha bo‘lgan turli yo‘nalish vakillari o‘rin olgani jamoalararo hamkorlik va muloqotni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Turnir professional kibersport musobaqalariga yaqin formatda, ya’ni vazifalar taqsimoti, jamoaviy strategiya va chiqib ketish tizimidagi o‘yinlar seriyasi asosida o‘tkazildi. Ishtirokchilar raqiblarning o‘yin uslubiga tezkor moslashib, barcha bosqichlarda yuqori darajadagi faollikni namoyish etishdi.
Bu kabi tashabbuslar jamoaviy ishni rivojlantirish va xodimlar o‘rtasidagi ichki aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. O‘yin formatlari ishtirokchilarga professional muhitda ham doimiy talab etiladigan muhim ko‘nikmalarni — strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoada samarali hamkorlik qilishni namoyon etish imkonini beradi.
OSON uchun kibersport yo‘nalishini rivojlantirish tizimli ishlarning bir qismi hisoblanadi. Avvalroq kompaniya Istanbulda bo‘lib o‘tgan GEG 2022 xalqaro o‘yinlarida PUBG Mobile bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy homiysi sifatida ishtirok etgan, shuningdek, ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘z turnirini ham tashkil qilgan edi.
Navbatdagi korporativ chempionatning o‘tkazilishi mazkur strategiyaning mantiqiy davomi bo‘lib, kompaniyaning zamonaviy raqamli muhit va vositalar orqali jamoani rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvini aks ettiradi.
Reklama huquqlari asosida.