Eronning Chobahor portidan O‘zbekistonga yuk tashuvlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Turkmaniston va Eron bilan transport sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishdi.


Magistratura talabasi boʻlgan qizlarning kontrakti davlat tomonidan toʻlab beriladi

Oliygoh, texnikum va kollejlarda oʻqiyotgan qizlarga taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.



Uzbekistan Airways kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni boshlandi

Hozirda professional konsalting kompaniyasini tanlab olish uchun tanlov e’lon qilingan.



O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energetika, neft va kimyo sohalarini rivojlantiradi

Umumiy qiymati $14 mlrd.dan ortiq bo‘lgan kelishuv va shartnomalar imzolandi.



Antimonopoliya qo‘mitasi tadbirkorlardan olingan ortiqcha mablag‘ni qaytarishga yordam berdi

Buning natijasida 70 dan ortiq tadbirkorga qariyb 8 mlrd so‘m mablag‘ qaytarib berilishi kutilmoqda.



Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Xorijliklarning O‘zbekistonga aviachiptalarni qidirish va bron qilish ko‘rsatkichi qariyb ikki yarim barobar oshdi. Sayyohlar asosan Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Belarus va AQShdan kelmoqda.
  2. Rossiyaning “OBI” biznesini yangi egasi 600 rublga sotib oldi. Biznesmen Iosif Liokumovich “OBI” qurilish va maishiy tovarlar do‘konlari tarmog‘ining 60% nazorat paketi egasiga aylandi.
  3. Kripto sektordagi milliard dollarlik bitim moliyaviy hisobotlar tufayli amalga oshmadi. Kriptovalyutani saqlash platformasi auditdan o‘tgan moliyaviy hisobotlarni taqdim eta olmasdan kelishuv shartlarni buzgan.
  4. “Milliy messenjerni yaratish — bu pul sovurish degani emas”. Vazirlik OAVda muhokama bo‘layotgan mavzuga munosabat bildirdi. Tanlov xarajatlari budjet hisobidan amalga oshirilmaydi, u IT-mutaxassislariga grant mablag‘larini berishga qaratilgan.
  5. Ipoteka kreditlariga eng ko‘p talab Toshkentda qayd etildi. Umumiy hisobda banklar tomonidan 4,2 trln so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan bo‘lib, shundan 908 mlrd.i Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.
  6. Gulnora Karimovaning $131 mlnlik aktivlarini Shveysariyadan qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi. Unga ko‘ra, aktivlarni qaytarish bir nechta prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
  7. Buyuk Britaniyada inflyatsiya 40 yil ichida birinchi marta 10 foizdan oshdi. Ekspertlar Angliya banki narxlarning oʻsishiga qarshi kurash siyosatini kuchaytirishini tahmin qilmoqda.
  8. Tungi vaqtda ishlashni nazarda tutuvchi bo‘sh ish o‘rinlari soni 22 foizga oshdi. Ish beruvchilar ko‘proq restoran va mehmonxona xodimlari, farmatsevtlar, qo‘riqchilar va qadoqlovchilarni izlashgan.
  9. Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quradi. Loyiha 1,6 mln xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash va yiliga 2,4 mln tonna uglerod chiqindilari chiqishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  10. Kripto-aktivlar sohasidagi provayderlarni litsenziyalash tartibi belgilandi. Litsenziya faqat O‘zbekiston rezidentlariga beriladi.