“HeadHunter” kompaniyasi hh.uz da joylashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlarining tahlili asosida mehnat bozorining ko‘rinishini tayyorladi.

Unga ko‘ra, 2022-yilning birinchi yarmida soat 22:00 dan 06:00 gacha tungi vaqtda ishlashni nazarda tutuvchi bo‘sh ish o‘rinlari soni 2021-yilning shu davriga nisbatan 22%ga oshdi.

Tungi ish uchun mutaxassislar asosan “Chakana savdo”, “Mehmonxonalar va restoranlar”, “Transport va logistika”, “Ishchi kadrlar”, “Oziq-ovqat”, “Tibbiyot va farmatsevtika” sohalaridagi kompaniyalarni qidirmoqda.

Ish beruvchilar esa savdo bo‘yicha yordamchilar, qo‘ng‘iroqlar markazi xodimlari, haydovchilar, restoran va mehmonxona xodimlari, farmatsevtlar, qo‘riqchilar, elektrchilar va qadoqlovchilarni izlashyapti.

O‘rtacha tungi ish haqi 3,9 mln so‘mni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 7%ga oshdi.

Ish beruvchining ixtisosligi va talablariga qarab ish haqi minimal 1,3 mln so‘mdan maksimal 8,3 mln so‘mgacha o‘zgaradi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar va 14 yoshgacha bo‘lgan bolasi bor ayollarga tungi vaqtda ishlashga ruxsat berilmaydi.

Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boshqa toifadagi xodimlar ham shular jumlasidan.


Avvalroq O‘zbekistonda eng ko‘p haq to‘lanadigan sohalar ma’lum qilingandi.