Biznesmen Iosif Liokumovich “OBI” qurilish va maishiy tovarlar do‘konlari tarmog‘ining nazorat paketini 600 rublga sotib oldi. Bu haqda biznesmen “Forbes” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Ukrainada “maxsus operatsiya” boshlanganidan so‘ng, mart oyida Germaniyaning “OBI GmbH & Co” kompaniyasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi va keyin biznesni mahalliy investorga sotishga qaror qildi.

Iosif Liokumovich “OBI"ning Rossiya biznesidagi 60% nazorat paketining egasiga aylandi. Kompaniyaning Rossiyadagi 27 ta gipermarketi unga 600 rublga tushdi.

“Ha, 600 rubl. Pandemiyadan oldin bu taxminan 100 mln yevro edi. Biznes juda arzonga ketdi deb bo‘lmaydi. Hozir juda ko‘p narsani o‘zgartiruvchi holatlar paydo bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan sog‘lom va ajoyib kompaniya, lekin uni oyoqqa turg‘izish kerak”, — dedi u.

OBI” Germaniyaning “OBI GmbH & Co” kompaniyasiga tegishli qurilish va maishiy tovarlar do‘konlarining xalqaro chakana tarmog‘i.

Rossiyada birinchi “OBI” do‘konlari 2003-yil 20-noyabrda Moskvadagi “Mega” savdo markazlarida ochildi. Bugungi kunda Rossiyada tarmoqning 28 ta do‘koni mavjud.


“Spot” avvalroq sanksiyalar tufayli Rossiya bozorini tark etayotgan xalqaro kompaniyalar ro‘yxatini tuzib chiqgandi.