O‘zbekistondagi YaIMning o‘sish sur’ati prognoz qilindi
Joriy yilda bu ko‘rsatkich 5,77% bo‘lishi kutilmoqda.
“Bu ko‘plab tadbirkorlarni soyadan olib chiqadi”: ekspert soliqdagi o‘zgarishlar biznes va iste’molchiga qanday ta’sir qilishi haqida
Soliq maslahatchisi Murod Muxamedjanov soliqdagi o‘zgarishlar tadbirkorlarga foyda keltirishi, biroq narx-navoga nega hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi va buni qanday qilib tuzatish mumkinligi xususida so‘z yuritdi.
O‘zbekistonliklarning banklarga bo‘lgan munosabati o‘rganildi
83% respondent banklarning faoliyati 2016-yilga nisbatan yaxshilanganini qayd etgan.
“Barchasi ishsizlikdan boshlandi” — Bektosh Hatamov qanday qilib kichik markazni xususiy ta’lim muassasalari tarmog‘iga aylantirdi
“Profi” xususiy ta’lim muassasalari tarmog‘i asoschisi Bektosh Hatamov ish topolmaganidan repetitorlik qilishni boshlagani, qariyb $2 mlnlik xatosi va nima uchun xususiy ta’lim bozori to‘yinmaganligi haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkent xalqaro aeroportida 400 avtomobilga mo‘ljallangan turargoh ishga tushiriladi. Bir nechta avtoturargohlarning barpo etilishi natijasida avtobuslar, shaxsiy avtomobillar va taksilar uchun yo‘laklar ochiladi.
- Yaponiya O‘zbekistonda bog‘dorchilik sohasini rivojlantirishga $200 mln ajratadi. Hozir O‘zbekistonda $4,7 mlrdlik 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
- 2024-yilda Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shunigdek, Xorazmda texnopark, ishlab chiqarish zonasi va ofislar barpo etiladi.
- Jahon va O‘zbekistondagi oziq-ovqat inflyatsiyasi tahlil qilindi. Unga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat bozori ancha beqaror, O‘zbekiston esa pastroq darajada ushlab turishga erishgan.
- AvtoVAZ 500 nafar o‘zbekistonlikni ishga jalb qiladi. Shuningdek, “Slasti” qandolatchilik korxonasi ham migrantlarni ishga olishni rejalashtirmoqda.
- Ta’lim krediti kimlarga beriladi va uni olish tartibi qanday Mazkur tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
- Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga qo‘shimcha 1 trln so‘m ajratiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan $300 mln jalb qilinishi belgilangan.
- Prezident 2026-yilgacha amalga oshiriladigan beshta vazifani belgilab berdi. Biznesni rivojlantirish orqali qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilib, aholi daromadlari koʻpaytiriladi.
- OTMlarda super-kontrakt miqdori 10 foizga kamaytirildi. Yo‘nalishlar kesimiga qarab qancha mablag‘ to‘lash kerakligi bo‘yicha ro‘yxat shakllantirildi.
- Avgust oyida yillik inflyatsiya 12,3 foizga yetdi. Asosiy o‘sish ko‘rsatkichlari oziq-ovqat narxlarida kuzatilgan.