Prezident 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi.

Ta’lim tizimi

Taʼlim sohasida yoshlar zamonaviy bilim va koʻnikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom ettiriladi.

Buning uchun maktablarning oʻquv dasturlari, oʻqitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Sud tizimi

Har qanday bahsli masalaga adolatli yechim faqat odil sud tomonidan topilishi kerak.

Sudyalar ishiga har qanday aralashuv keskin jazolanadi, ularning xavotirsiz ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

Biznes va tadbirkorlik

Biznesni rivojlantirish orqali qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi, kambagʻallik qisqaradi, aholi daromadlari koʻpayadi.

Buning uchun xususiy mulk va tadbirkorlikka xalaqit berayotgan barcha toʻsiqlar bartaraf etiladi.

Davlat boshqaruvi isloh qilinib, iqtisodiyotda davlat ishtiroki keskin kamaytiriladi.

Sogʻliqni saqlash

Bunda tizimda aholiga yanada sifatli va malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiriladi.

Barcha hududlarda shoshilinch tibbiy yordam qamrovi oshirilib, odamlarga yanada yaqinlashtiriladi.

Ichimlik suvi bilan ta’minlash

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi doimo diqqat markazida boʻladi.

Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi keskin koʻpaytiriladi.