Yaponiya O‘zbekistonning bog‘dorchilik sohasi uchun $200 mln kredit ajratadi, bu haqda “JICA” kompaniyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha tomonlarning bitimi imzolanib, mablag‘lar “Bog‘dorchilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini rag‘batlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida ajratiladi.

Loyiha fermerler va tegishli tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining moliyaviy barqarorligini oshirish uchun texnik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Loyihani yakunlash muddati — 2028-yilning iyul oyi.

Kredit mablag‘lari 5 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilga ajratiladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, kredit liniyasining birinchi bosqichida O‘zbekistonda 300 dan ortiq loyiha joriy etilib, 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.

Shuningdek “JICA” yordamida O‘zbekistonda $4,7 mlrd.lik 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

JICA — Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining faoliyati sohaga yo‘naltirilgan yondashuv, inson xavfsizligi, samaradorlik va tezlikni oshirish prinsipiga asoslangan.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda qulupnayni yil bo‘yi yetishtirishda Koreya texnologiyasi qo‘llanilishi haqida yozgandi.