2018-yil Xivaga temir yo‘l yetib bordi va yangi vokzal ishga tushirildi.

Endi 2024-yildan shaharga tezyurar poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yilish rejalashtilimoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lumotlarida keltirilgan..

Xabarda Urganch va Xiva shaharlari o‘rtasidagi avtomobil yo‘li bo‘yida 100 dan ortiq servis obyektlari barpo etilishi ham keltirilgan.

Shu bilan birga, Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishi boshlangan.

“Bu shaharcha ham xuddi Samarqanddagi „Buyuk ipak yo‘li“ xalqaro turizm markazi singari, Urganch shahrining yuziga aylanadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shaharcha maydoni 130 gektardan iborat bo‘lib, hududda Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashgan maktabi, Al-Xorazmiy markazi hamda uning haykali bunyod etiladi.

Shuningdek, bu yerda texnopark, ishlab chiqarish zonasi va ofislar, tibbiyot markazlari va yana bir qancha binolar quriladi. Aholi uchun 104 ta ko‘p qavatli uylar barpo etiladi.


Avvalroq “Spot” Samarqandda yangi ochilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi haqida yozgandi.