PMTI jahon va O‘zbekistondagi hozirgi oziq-ovqat inflyatsiyasini tahlil qildi.

Unga ko‘ra, hozir jahon oziq-ovqat bozori ancha beqaror.

Ya’ni dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxining birdaniga ko‘tarilishi 2020-yilning may oyida koronavirus pandemiyasi boshlangani bilan izohlanmoqda. Va hozir ham narxlar balandligicha qolmoqda.

Joriy yilning mart oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1990-yildan keyingi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan.

2022-yilning iyul oyida oziq-ovqat narxlari o‘rtacha indeksining keskin tushib, 140,9 punktni tashkil etdi. Bu esa iyun oyidagi ko‘rsatkichdan 8,6% past.

Biroq, u hamon yanvar oyidagi ko‘rsatkichdan 3,9%, bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan esa 13,1% yuqoriligicha qolmoqda.

2022-yilning iyul oyida oziq-ovqat tovarlari iste’mol narxlari indeksining o‘sishi 2021-yilning dekabr oyiga nisbatan 107,7% ni tashkil qildi.

Narxlar o‘sishiga qaramay, mintaqadagi boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekiston oziq-ovqat inflyatsiyasini 10%dan pastroq darajada ushlab turishga erishgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari importining rivojlanishi respublikada ularning xilma-xilligini oshirish va foydalanish imkonini beradi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oziq-ovqat tovarlari importi $1,6 mlrd.ni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,8% ko‘p.


Avvalroq ekspert O‘zbekistondagi YaIMning o‘sish sur’atini prognoz qilgandi.