O‘zbekistonda 1-martdan nimalar o‘zgaradi

Spot mart oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda biznesni qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin? Yetti bosqich

“Spot” Yaran konsalting hammuassisi Yevgeniya Son bilan birgalikda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yettita bosqich bilan bo‘lishadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Roman Sayfulin “Makro"dan nega ketgani, “The Choyxona"ning ochilishi, dengiz bo‘yidagi $1 mlnlik restoran va orzulari haqida

“Makro” kompaniyasining sobiq rahbari, tadbirkor “Spot"ga bergan intervyusida resto-choyxonaning paydo bo‘lishi, o‘g‘irlik, yangi loyiha uchun Yaponiyadan kiritilgan xususiy kapital va unda g‘oyalar qanday yuzaga kelishi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Turkiston bank” bankrot deb topildi va o‘z faoliyatini tugatdi

Bu Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori va Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan ma’lum qilingan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“EPAM” o‘zbekistonlik IT-mutaxassislar uchun o‘quv dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Ishtirok etish uchun ingliz tili darajasi B1 va undan yuqori bo‘lishi hamda dasturlash tillarini bilish talab etiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “IT Park” $10 minggacha bo‘lgan startaplarni moliyalashtirishga yordam bermoqchi. Bu orqali mavjud g‘oyalarni rivojlantirish hamda investorlarni topish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
  2. “Ali Express” foydalanuvchilari jo‘natmalarni “Uzum Market” buyurtmalarni berish punktlari orqali olishlari mumkin bo‘ladi. Sinov jarayonida O‘zbekistonning 28ta shahridagi 80 ta punktdan buyurtmalarni olish mumkin. Keyinchalik esa barcha “Uzum” BBPlari “AliExpress” ilovasidagi xaritada tanlash uchun ochiq bo‘ladi.
  3. “Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlarga 21 foiz chegirma e’lon qildi. Chegirma joriy yilning 18-martidan 22-martigacha ekonom va biznes klass chiptalari uchun amal qiladi.
  4. O‘zbekistonda ayollarning karyera qurishdagi mavqei qanday. Tadqiqot. Respondentlarning 10%i o‘z kompaniyalarida rahbar ayollar yo‘qligini, 52%i O‘zbekistonda ayollar uchun karyera qilishda to‘siqlar mavjudligini ta’kidlashgan.
  5. 2023-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi. “Spot” undagi muhim topshiriq va vazifalarni bir joyga jamladi.
  6. QQSning 12%ga tushirilishi iste’mol tovarlari narxlari pasayishiga ta’sir qilmagan — PMTI. Qayd etilishicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i 15%dan 12%ga tushirilgan bo‘lsa ham ayrim iste’mol tovarlari narxlari biroz oshgan.
  7. Dori vositalarining maksimal narxlarini qidirish platformasi ishga tushirildi. Platformaga 37 mingga yaqin dori vositalari kiritilgan bo‘lib, ular haqidagi ma’lumotlarni o‘zbek va rus tillarida olish mumkin.
  8. Yanvar oyida oltin eksportida O‘zbekiston Markaziy banki yetakchi bo‘ldi. Mamlakat yil boshida 12 tonna qimmatbaho metal sotgan.
  9. “Coca-Cola” Namanganda $27,7 mlnlik yangi zavod quradi. Natijada qo‘shimcha 300 ta ish o‘rni yaratilishi hamda korxonada mahsulot ishlab chiqarishning yillik tannarxi $75 mlnni tashkil etishi kutilmoqda.
  10. Yaponiya instituti amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Unda bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi.