Yaponiyaning Okinava fan va texnologiya instituti amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda dunyoning barcha mamlakatlaridan bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.

Bunda bakalavriaturaning 3−4-kurs talabalari hamda magistraturaning 1−2-kurs talabalari ariza topshirish imkoniyatiga ega.

Amaliyot dasturining ko‘plab sohalariga fizika, biologiya, kimyo, fan, muhandislik, nevrologiya, matematika, hisoblash fanlari va tibbiyot fanlari va boshqalar kiradi.

Unda ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish testi yoki IELTS sertifikati talab etilmaydi.

Nomzodlar CV, maqsad bayonii, tavsiyanoma hamda diplom va akademik transkriptlar hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni onlayn jo‘natishlari kerak.

Agar nomzod hali o‘qishni tamomlamagan bo‘lsa, o‘quv muassasasidan o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yuklashi kerak.

Amaliyot dasturiga ariza topshirish uchun to‘lovlar yo‘q.

Dastur 2−6 oy davom etadi va ishtirokchilarga yashash xarajatlari institut tomonidan qoplab beriladi.

Ishtirokchilar quyidagi moliyaviy yordam bilan ta’minlanadi:

  • kuniga qariyb $18 to‘lov;
  • transport xarajatlari;
  • sayohat xarajatlari va aviachiptalar uchun to‘lov;
  • bepul turar joy;
  • sug‘urta va viza to‘lovlari.

Arizalar joriy yilning 15-apreligacha qabul qilinadi.

Dastur 2023-yilning oktabridan 2024-yilning apreligacha davom etadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Buyuk Britaniya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.