Buyuk Britaniyaning Dandi universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unga belgilangan mamlakatlardan bakalavr va magistratura uchun nomzodlar hujjat topshirishi mumkin. Ular qatorida O‘zbekiston ham bor.

Universitetda buxgalteriya va moliya kurslari, stomatologiya, iqtisodiyot, energetika huquq hamda siyosat va xalqaro munosabatlar kabi kurslar mavjud.

Nomzodlarning oldingi ta’lim darajasida baholari yuqori bo‘lishi zarur. Shu bilan birga universitet qabuli uchun ham ariza jo‘natish kerak.

Dastur yiliga 6 ming funt sterling ($7170) miqdorida mablag‘larni qoplaydi.

Grant qisman moliyalashtirilib, oylik stipendiyani o‘z ichiga olmaydi.

Universitetga hujjat topshirgan nomzodlar hujjati avtomatik tarzda mazkur grant uchun ham ko‘rib chiqiladi.

Arizalarni joriy yilning 31-avgustigacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, AQShning Arizona universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Polshaning Yagellon universiteti yozgi maktab dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda.