Polshaning Yagellon universiteti yozgi maktab dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan bakalavriatura, magistratura hamda PhD darajasidagi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Yozgi maktab o‘z ichiga ikkita dasturni oladi va joriy yilning 3−14 iyul kunlari o‘tkaziladi. Ularning har biri 10 kun davom etib, beshta o‘n ikki soatlik kurslardan iborat.

Murakkablik usullari va vositalari” dasturi:

  • Tadqiqot loyihasi;
  • Tizim fanlari — murakkab dunyoni tushunish uchun dinamik vosita;
  • Murakkablikni tadqiq qilishda sifat va miqdoriy usullar;
  • Aralash usullar tadqiqoti;
  • Murakkab muhitda tarmoq tahlili.

Dastur uchun arizani havola orqali jo‘natish mumkin.

Murakkab dunyoda rivojlanish va muammolar” dasturi:

  • Barqaror rivojlanish va xalqaro tizim transformatsiyasi;
  • Iqtisodiy inqirozlar va murakkablik;
  • 21-asrda Afrikadagi murakkablik muammolari;
  • 21-asrda Osiyo xalqaro munosabatlarining murakkabligi;
  • Kompleks, notinch dunyoda bashorat qilish.

Dastur uchun arizani havola orqali jo‘natish mumkin.

Har ikkita dasturda ham ishtirokchilar Polshaning Krakov shahriga borib, joyida yoki onlayn tarzda qatnashishi mumkin.

Talabalar olti soatlik 5 kursdan kamida 3 tasini tanlashimumkin. Barcha ishtirokchilarga dasturda qatnashganliklarini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Yozgi maktabga ariza jo‘natish va ishtirok etish bepul. Ishtirokchilarga qariyb $960 miqdorida stipendiya beriladi.

Grantga ariza berish uchun CV va tavsiya xati talab qilinadi.

Arizalarni 15-martgacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, AQShning Arizona universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.