“IT Park” startaplarni moliyalashtirishga yordam berish maqsadida arizalar qabul qilinmoqda.

Bu orqali majvud g‘oyalarni rivojlantirish hamda investorlarni topish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.

Unda FinTech, MedTech, EdTech, Agrotech, E-commerce, HR Tech, Tourism, Metaverse, EcoTech kabi sohalar bo‘yicha startaplar ishtirok etishi mumkin.

Kompaniya startaplarga investorlardan $10 minggacha jalb qilish, loyihani ishga tushirish uchun yordam olish imkoniyatini beradi.

Buning uchun havola orqali ariza jo‘natish mumkin. Arizalarni qabul qilish muddati cheklanmagan.

Avvalroq, “IT Park” “Edusession” dasturini ishga tushirgandi. U karyera qurish hamda IT-hamjamiyatiga kirish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.