ChatGPT matnli so‘rov yoki yuklangan surat asosida GIF-animatsiyalar yaratishni o‘rgandi. Bu funksiya Images 2.6 modeli bilan birga paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Verge.
Tayyor animatsiyani bevosita chat ichida tahrirlash mumkin: ijro tezligini o‘zgartirish, alohida kadrlarni ko‘rish va tuzatish, shuningdek, natijani boshqalar bilan ulashish mumkin. Avval ChatGPT GIF-fayllarni bir bosqichda yaratish imkoniyatiga ega emas edi.
OpenAI taqdim etgan misolda foydalanuvchi chat-botdan raqsga tushayotgan mushuk tasvirlangan GIF yaratishni so‘raydi.
Chat-bot esa ijro tezligini sozlash va animatsiyaning har bir kadrini alohida ko‘rish imkoniyatlari bilan birga tayyor animatsiyani taqdim etadi.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, Images 2.6 tasvirlar yaratish tezligini ham oshiradi. Kompaniya xabar berishicha, hozirda ChatGPT va API foydalanuvchilari haftasiga 4 mlrd dan ortiq tasvir yaratmoqda. Sentabr oyida bu ko‘rsatkich 3 mlrdni tashkil etgan edi.
Yangilanish ChatGPT va Codex’ning veb-versiyasi, kompyuter va mobil ilovalaridagi barcha foydalanuvchilarga bosqichma-bosqich taqdim etilmoqda.
API orqali ishlovchi dasturchilar uchun esa tasvirlarni tezroq va yuqori sifatda yaratishga mo‘ljallangan GPT-Image-2.6 Flare va Sunburst modellari ham foydalanishga topshirildi.
Avvalroq Spot ChatGPT’da shaxsiy yozishmalarni yashirish imkoniyati qo‘shilgani haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar chatlarni PIN-kod, iPhone’da Face ID yoki Touch ID, Android’da esa qurilma qulfi orqali himoyalashi mumkin.