3-avgust kuni Toshkentning to‘rtta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi, deya ma’lum qildi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi matbuot xizmati
Isitish magistralidagi buzilishlarni bartaraf etish va jihozlarni almashtirish maqsadida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ta’kidlanmoqda.
Xususan, quyidagi hududlarda issiq suv ta’minoti to‘xtatildi:
- Yunusobod tumani: Gidrometeorologiya markazi, 21-uy, Irrigatsiya instituti yotoqxonasi, Niyozbek yo‘li, 18-kvartal (4, 7, 8, 9, 10, 13, 14, 15, 15a, 17, 19, 19, 19a, 12, 22, 23, 24, 28-uylar);
- Mirzo-Ulugbek tumani: Hamid Olimjon maydoni, M-1 va M-2 (qisman);
- Chilonzor tumani: Cho‘ponota ko‘chasi, 8 va 9-kvartallar (qisman), K. Sharq, Guliston, Algoritm massivlari, So‘galli ota ko‘chasi;
- Uchtepa tumani: 30, 31-kvartal, Izza massivi, BSA massivi, Taqachi, Rahimboboyev ko‘chalari.
Avariyaviy ishlar soat 19:00 gacha yakunlanishi qarab issiq suv ta’minotini tiklash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Kompaniya vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi.
Avvalroq Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Bugun, 3-avgust kuni Toshkentning Bektemir hamda Olmazor tumanlarida elektr ta’minoti hamda Sergeli va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.