Endilikda 15 yoshga to‘lmaganlar ham ishlashi mumkin deya, ma’lum qildi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati.
Bu bo‘yicha, “Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
Ro‘yxatda 219ta “yengil turdagi” madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish muassasalarining va boshqa OAVning ijodiy xodimlari, professional sportchilar hamda asarlarni yaratish va ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.
Keltirilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga to‘lmaganlarni ishga qabul qilishda ularning sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaslik keltirilgan.
Shuningdek, ta’lim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.
Ro‘yxat bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Avvalroq hukumat qarori bilan 18 yoshga to‘lmaganlarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlar, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlangandi.