Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
6−7-iyun — shanba va yakshanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- APEX BANK;
- Anorbank;
- O‘zmilliybank;
- Tenge bank;
- Hamkorbank;
- Garant bank;
- Hayot bank;
- Asakabank;
- Universalbank;
- O‘zsanoatqurilishbank;
- Trastbank;
- Orient Finance bank;
- Ipoteka-bank;
- InfinBank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Mikrokreditbank;
- Xalq banki;
- Aloqabank;
- Ipak Yuli Bank;
- Kapitalbank;
- Saderat bank;
- Poytaxt bank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.