28-sentabr kuni Sergeli tumanida kuchli portlash, uning natijasida yong‘in sodir bo‘lib, episentri Quruvchilar dahasida joylashgan “Interlogistics” kompaniyasining bojxona ombori bo‘lgan.

Yuridik shaxslar reyestriga ko‘ra, “Interlogistics” 2016-yilning 11-avgustida ro‘yxatga olingan. Kompaniya noturarjoy binolarini ijaraga berish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. Uning ustav kapitali 48,98 mln so‘mni tashkil etadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Portlash natijasida hududdagi 26ta ko‘p qavatli uydagi 592ta xonadon, 1ta maktab va 2ta MTT binolari bilan bir qatorda bir nechta do‘kon hamda tamaddixonalar ham zarar ko‘rgan.


Hozirda hodisa oqibatida yetkazilgan zararni baholash va bosqichma-bosqich qoplash yuzasidan ishlar boshlangan bo‘lib, mol-mulkiga zarar yetgan fuqarolar 1205 qisqa raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.


Xususan, “Quruvchilar” dahasida joylashgan “HAVAS” diskaunterlar tarmog‘iga jiddiy talafot yetgan. Do‘konning deraza-romlari tiklanmas holatga kelgan, shifti tovarlar ustiga ko‘chib tushishi oqibatida ularning bir necha qismiga zarar yetgan.

interlogistics, portlash, sergeli

Foto: Madina A’zam / Spot

Buning natijasida barcha mahsulotlar do‘kondan chiqarilib, kechga yaqin ta’mirlash ishlari boshlandi. Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, hozirda yetgan zarar hisoblab chiqilmoqda.

Foto: Spot

“HAVAS” diskaunteri yonida joylashgan qurilish materiallari sotiluvchi do‘kon menejerining so‘zlariga ko‘ra, zarar miqdori 100 mln so‘mdan oshadi.

interlogistics, portlash, sergeli

Foto: Spot

Ushbu dahada joylashgan “Milliy taomlar” nomli tamaddixona ham birmuncha zarar ko‘rgan. Oshxona fasad qismiga zarar yetib, deraza-romlari singan, shiftining ayrim qismlari ko‘chib tushgan hamda o‘nlab oshxona jihozlari yaroqsiz holga kelgan.

“Milliy taomlar"da ma’lum qilishlaricha, yetkazilgan zarar miqdori taxminan 40−45 mln so‘mni tashkil qiladi.

Foto: Madina A’zam / Spot

Bundan tashqari, “Baraka Market”, “M Cosmetic” hamda bir qator mini-marketlarga ham jiddiy talafot yetgan.

Foto: M Cosmetic, Spot

Shu jumladan, voqea yuz bergan vaqtda bojxona omboriga tutash hududda BYD avtomobillari ham bo‘lgan. Kompaniyada ma’lum qilinishicha, ularning ba’zilari portlash to‘lqini va shisha parchalaridan yuzaki zarar ko‘rgani, shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilishga yuboriladi.