AQShning Boston universiteti “Trustee Scholarship” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar bakalavr darajasi uchun ishtirok etishi mumkin. Grant har yili 20ga yaqin iqtidorli talabalarga ajratiladi.

Dasturda ishtirok etish uchun oldin universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lish zarur. Universitet qabul jarayoni bo‘yicha batafsil bu yerda.

Universitet qabuliga arizalarni “Common Application” orqali jo‘natish zarur. Bunda arizaning bir qismi sifatida grant uchun ikkita mavzudan birida 600ta so‘zdan iborat insho jo‘natish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Maktab attestati yoki kollej va litsey diplomi hamda baholar;
  • Tavsiyanoma va maktab hisoboti;
  • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS — 7, TOEFL — 90−100, Duolingo — 120−130 va boshqalar)
  • Moliyaviy hujjatlar;
  • Pasport nusxasi.

Qabul qilingan talabalar to‘liq o‘qish to‘lovidan va talabalar uchun majburiy bo‘lgan to‘lovlardan ozod etiladi. Agar birinchi bosqich davomida ma’lum mezonlar bajarilsa, grant to‘rt yilga uzaytirilishi mumkin.

Arizalar joriy yilning 1-dekabrigacha havola orqali qabul qilinadi. Grant va insho mavzulari haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:

Shuningdek, universitetda mavjud yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin.


Avvalroq Niderlandiyaning Tvente universiteti grant dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.