Niderlandiyaning Tvente universiteti grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda YeI va YIHga a’zo bo‘lmagan davlatlardan nomzodlar magistratura darajasi uchun ishtirok etishi mumkin.

Universitetda amaliy matematika, amaliy fizika, biznes boshqaruvi, qurilish muhandisligi va boshqaruvi, kompyuter fanlari, elektrotexnika, atrof-muhit va energiya boshqaruvi kabi sohalar mavjud.

Grantda qatnashishdan oldin universitetning magistratura yo‘nalishiga ariza berish kerak. Universitetga qabul qilingach talaba raqami beriladi va keyin grantga ariza topshirish mumkin bo‘ladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni jo‘natishlari kerak:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • baholar transkripti;
  • tavsiyanomalar;
  • berilgan mavzu bo‘yicha esse;
  • motivatsion xat (muayyan mavzular doirasida).

Eng asosiy talablardan biri IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT 90 ball bo‘lishi kerak. Shuningdek, yo‘nalishlardan kelib chiqib, boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.

Stipendiya dasturi uchun 50ta o‘rin mavjud. Qabul qilingan talabalarga yo‘nalishlariga qarab bir yil uchun 3 ming yevrodan 22 ming yevrogacha ajratiladi.

Ko‘p beriladigan savollar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Arizalarni 2024-yilning 1-fevraligacha havola orqali onlayn jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.